Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli oroliga yaqinlashgani sabab Xitoy AQShni o‘z suvereniteti hamda xalqaro huquqlarni qo‘pol ravishda buzishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuanning bayonotida aytilishicha, Amerikaning Jon S. Makkeyn esminetsi Xitoy hukumatining ruxsatisiz Nansha (Spratli) oroliga yaqinlashgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning harakatidan norozi ekanligini bildirdi.

“Amerika tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi fitnalar Xitoyni o‘z hududining xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirishiga majbur qilmoqda”, — dedi vazirlik vakili.

O‘z navbatida Xitoy Mudofaa vazirligi AQShni Janubiy Xitoy dengizidagi fitnalarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

“Ayni vaqtda Xitoy hamda AQSh qurolli kuchlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishini ishonchli tarzda namoyish qilmoqda. Biroq AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi fitnalar ikki tomonlama strategik ishonchga jiddiy zarar yetkazadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi