Xitoyning Sichaun provinsiyasida ro‘y bergan halokatli zilzila qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Bundan tashqari, 493 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 19 kishini tashkil etgani, jabrlanganlar soni esa 340 kishidan oshgani bildirilgan edi.
Voqea joyida ko‘p sonli qutqaruvchilar jamoasi, favqulodda xizmatlar vakillari hamda shifokorlar ishlamoqda.
7 magnitudali zilzila 8-avgust, seshanba kuni sodir bo‘lgan edi. Hududdan 38 799 kishi evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)