AQSh Davlat departamenti xodimlari mamlakat prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga amerikalik diplomatlar chiqarib yuborilishi uchun minnatdorlik bildirganidan norozi bo‘ldi. Bu haqda, Politico nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Tramp hazillashgani ehtimoli yuqori, shunga qaramay, uning so‘zlariga amerikalik diplomatlarning g‘azabini qo‘zg‘atdi.
Yuqori martabali diplomatlardan biri davlat rahbarining so‘zlarini keskin tanqid ostiga oldi.
“Bu o‘z davlatiga xizmat qilayotgan odamlarga nisbatan hurmatsizlikdir”, — dedi u.
Izoh (0)