Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik haydovchilarning Facebook’dagi eng ommabop guruhlari — “Voditeli Tashkenta” va “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlarida shoxli va mo‘ynali Ford’ning suratlari tarqaldi. Avtomobil chet ellik mehmonniki ekani yaqqol seziladi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foydalanuvchilar mazkur mashinaga turlicha munosabat bildirgan. “Buqa-ku!”, — deb ta’rif bergan foydalanuvchilardan biri. “Bu mashinani yuvish uchun alohida shampun kerak bo‘lsa kerak”, — deb tasavvur qilgan boshqa bir foydalanuvchi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

“Vikinglar Toshkentda!”, — deb yozgan yana bir foydalanuvchi. Boshqalar esa bu vikinglar emas, balki britaniyalik sayohatchilar ekani, ular Shotlandiyadan Mo‘g‘ulistonga safar qilayotganini ta’kidlagan. “Mo‘g‘ulistondagi yovvoyi hayvonlar to‘dasi ichida meni sezmay qolishadi, deb o‘ylayotgan bo‘lsa kerak”, — deb hazil qilgan ulardan biri.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Haqiqatan ham, mazkur Ford avtomobili sayyoradagi eng qiziqarli sayohat poygalaridan biri — Mongol Rally’da ishtirok etayotgan Team Jackie Moo Art jamoasiga tegishli. Jamoa Shotlandiyadan Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish hamda demensiya kasalligiga qarshi kurash uchun xayriya mablag‘larini to‘plashni maqsad qilgan.

Foto: Twitter / @MoragTheCowCar

Foto: Twitter / @MoragTheCowCar

“Buqa mashina” uzoq yo‘ldagi kechmishini Twitter’dagi sahifasida yozib boradi. Xususan, mashina 5-avgust kuni Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan o‘tgan bo‘lsa, 7-avgust kuni O‘zbekistondagi ilk tvitini yozgan edi. “Mashina O‘zbekistonda chuqurlarga to‘la yo‘lda ikki g‘ildiragidan ayrildi. Buxorogacha qolgan 15 kilometrni uch g‘ildirakda bosib o‘tdi”, — deyiladi birinchi xabarda.

Xuddi shu kuni chiqarilgan ikkinchi tvitda shotlandiyaliklar O‘zbekistonda yonilg‘i muammosiga duch kelganini anglash mumkin: “O‘zbekistonda benzin topish mushkul. Mashina o‘z chanqog‘ini zudlik bilan ‘qora bozor’ orqali qondirishi kerak bo‘ldi”. 9—10-avgust kunlari “buqa mashina” Toshkent ko‘chalarida suratga olingan va hozir, katta ehtimol bilan, Qozog‘istonga chiqib ketgan.

Umuman, bu yilgi Mongol Rally’da 311 jamoa qatnashayotgan bo‘lib, poygada ishtirok etayotgan ko‘plab mashinalar hali O‘zbekistondan o‘tishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?