Ispaniyaning Andalusiya provinsiyasidagi Playya-de-los-Alemanes kurortida joylashgan plyaj sohiliga 30 ga yaqin afrikalik muhojir puflama qayiqda kelib qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dam olayotganlardan biri tushirgan videorolikda norasmiy muhojirlar qayiqdan plyajga sakrab, har qayerga tarqab ketgani aks etgan.
Muhojirlar yaqin atrofdagi shaharga yetib bora olgani ma’lum. Ayni paytda ular qayerda ekanligi aniq emas.
Politsiya muhojirlarning noqonuniy kirishiga to‘sqinlik qilib bo‘lmaganini tan oldi.
Izoh (0)