Bugun Yevropada UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan Madridning “Real” klubi, Yevropa ligasi chempioni “Manchester Yunayted”ga qarshi saf tortadi.
Uchrashuv Makedoniyaning Skopye shahrida joylashgan “Filipp II Makedonskiy” stadionida o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
UEFA Superkubogi Skopye, Makedoniya 8-avgust, seshanba
“Manchester Yunayted” — “Real Madrid” — 23:45
Hakam: Janluka Rokki (Italiya)Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarini O‘zbekiston hududiga namoyish qilishning eksklyuziv huquqini sotib olgan UzReport telekanali UEFA Superkubogi o‘yinini ham efirga jonli uzatadi.