Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-ligasining 4-turiga kelib o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin to‘p surayotgan “Tosno” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
“Arsenal” mehmoni bo‘lgan jamoa irodali g‘alabaga erishdi. “Tosno”ning mavsumdagi ilk golini urish aynan Galiulinga nasib qildi.
Bungacha o‘zbekistonlik yana ikki futbolchi — Eldor Shomurodov hamda Vadim Afonin to‘p suradigan klublar o‘zaro Mahachqal’ada to‘qnash kelgan bo‘lib, unda “Rostov” minimal g‘alabaga erishgandi. Afonin uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Eldor maydonga tushirilmagan.
Turning markaziy o‘yini Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi chempioni “Spartak” Roberto Manchini boshchilik qilayotgan klubdan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi. 4-turdan keyin “Zenit” va Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” klublarigina yuz foizlik natija qayd etib turibdi.
Rossiya Premyer-ligasi 4-tur bellashuvlari 4-avgust, juma
“Anji” — “Rostov” 0:1
Gol: Vladimir Dyadyun, 19 (0:1).5-avgust, shanba
“Lokomotiv” — “SKA-Xabarovsk” 1:0
Gol: Aleksey Miranchuk, 75 (1:0).6-avgust, yakshanba
Izoh (0)