NATO Boltiq havo patruli qiruvchilari 31-iyuldan 6-avgustgacha bo‘lgan vaqt ichida Litva osmonida Rossiyaning 18 samolyotini aniqlab, ularni tutib qolish uchun havoga ko‘tarildi. Bu haqda Litva mudofaa vazirligi rasmiy saytida bayonot berildi.
Ayniqsa 1-avgust kuni NATO aviatsiyasi katta hajmdagi ishni amalga oshirdi.
Ta’kidlanishicha, shu davr ichida o‘sha kuni Boltiqbo‘yi sohillari yaqinidan Rossiyaning bir qancha samolyoti, shu jumladan, bitta An-26 transport samolyoti, bir necha guruh MiG-31 va Su-27 samolyotlari uchib o‘tdi.
2-avgust kuni osmonda ikkita kemalarga qarshi Tu-142 va Il-38 samolyotlari, 3-avgustda yana ikkita Il-38 qayd qilindi. 5-avgust kuni Kaliningrad viloyatiga uchayotgan An-26 ushlab qolindi.
Izoh (0)