Neymar xarid qilinganidan, futbolchini tanishtirish marosimi o‘tganidan keyin “PSJ” prezidenti Nosir Al-Halayfiy barchasi qanday bo‘lgani haqida gapirib berdi. Uning qayd etishicha, Neymarni qo‘lga kiritishning so‘nggi lahzalarida “Barselona”ning o‘zi Parij klubiga yordamga kelgan.
La liga Neymar transferiga taqiq qo‘ymoqchi bo‘lganida menga “Barselona”dan qo‘ng‘iroq qilib, muammoni birgalikda hal qilishni taklif qilishdi. Men esa bunga tayyor ekanimiz haqida aytdim. Shu bois “Barselona” klubiga yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. U dunyoning eng yaxshi klublaridan biridir.Prezident Neymarni qo‘lga kiritish rejasini 3 yildan buyon tuzib kelgani xaqida aytdi. Eslab o‘tish kerak, “Barselona” Neymarning ko‘tarma pulini nima sababdan bor-yo‘g‘i 222 million qilib qo‘ygani, “Real” esa o‘z yetakchilariga tovon puli sifatida 1 milliardni ko‘rsatgani keng muhokama qilingandi.Nosir Al-Halayfiy, “PSJ” prezidenti
Neymarni qanday qilib qo‘lga kiritish masalasini 3 yil avval o‘ylagandim. “Barselona” bilan muzokaralar rejasini tuzish uchun 1 yil kerak bo‘ldi. 2 hafta oldin esa rosmana ishga kirishdik.Transfer amalga oshishi juda qiyin bo‘ldi. Biz kechalari uxlamadik. Bajarilgan katta ish uchun jamoamga minnatdorchilik bildiraman.
Nosir Al-Halayfiy, “PSJ” prezidenti
Izoh (0)