Yaponiyada shiddatli Noru tayfuni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tayfun qariyb 260 ichki reyslarning bekor qilinishiga olib keldi. Kyusyu orolidagi Kagosima va Miyadzaki prefekturalarida istiqomat qiluvchi 300 ming kishi evakuatsiya qilinishi tavsiya etilmoqda.
Tayfun 5-avgust kuni Yakusima, Tanegasima, Amami orollariga yopirildi.
Izoh (0)