AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi borasidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergani uchun Xitoy va Rossiyaga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Prezident bu rezolyutsiyani o‘tkazishdagi hamkorlik uchun Xitoy va Rossiyadan minnatdor”, — deyiladi Oq Uy tarqatgan bayonotda.
Hujjatda Tramp Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishni yanada kuchaytirish uchun turli davlatlar bilan hamkorlik qilishda davom etishi ta’kidlandi.
Izoh (0)