Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon as-Saudga qarshi Jiddada suiqasd uyushtirilgani jurnalistlarga ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, FARS agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, valiahdga boshqa bir shahzoda suiqasd uyushtirgan. Muhammad bin Salmon jabrlanmagan, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan shahzoda esa hibsga olingan.
Taxminlarga ko‘ra, Muhammad bin Salmonning yaqindagi bayonotlari, shuningdek, raqiblarini yo‘qotishga bo‘lgan urinishlari unga qarshi fitnaga olib kelgan.
Ekspertlar, shuningdek, mahalliy matbuotga ko‘ra, qirol Salmon yaqin besh oy ichida shahzoda foydasiga taxtdan voz kechishi mumkin, shu bois mamlakatdagi siyosiy jarayonlar avj olmoqda.
Yaqin kunlarda qirol dam olishga Marokashga ketadi, u yo‘qligida qirol vazifasini valiahd bajarib turadi.
Izoh (0)