Fransiya poytaxti Parijda noma’lum erkak pichoq bilan Eyfel minorasiga kirib olishga urindi. Politsiya uni tutib qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea 5-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da ro‘y berdi.
Jinoyatchining motivlari hozircha ma’lum emas.
Ushbu voqeadan so‘ng Eyfel minorasida bo‘lgan tashrifchilar olib chiqildi. Politsiya va sapyorlar minoraning barcha konstruksiyalarini tekshirib chiqdi. U yerdan shubhali hech narsa topilmadi.
Izoh (0)