Kurd ko‘ngillilari tomonidan ushlangan IShID jangarisi Suriyada Yevropadagi teraktlar uchun jangarilar tayyorlaydigan maxsus guruh borligini aytib berdi. Bu haqda, The Times nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, guruhga kirgan jangarilar Suriyadagi maxfiy lagerda mashg‘ulotlar o‘tab, so‘ng vataniga qaytadi. O‘qitish yetti oy davom etadi.
“Suriyaga kirgan barcha yevropaliklarga guruhga kirish taklif etiladi. Mashg‘ulotlarga rozi bo‘lgan 20 kishidan besh nafari o‘qishni tamomlaydi. Shundan so‘ng ular Yevropaga qaytib, teraktlarni amalga oshiradi”,— dedi u so‘roq paytida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki yil ichida 50 nafar Germaniya, Fransiya, Belgiya va Britaniya fuqarolari o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)