Buyuk Britaniya rasmiylari Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 40 milliard yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda, Telegraph nashri manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Buyuk Britaniya Brexit uchun Yevroittifoqqa 36 milliard funt sterling to‘lashga tayyor”, — deyiladi manbada.
Aytilishicha, Britaniya bu shartni bajargan taqdirda Ittifoq moliyaviy kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarni boshlashga rozi bo‘ladi.
Hukumat uzoq bahslardan so‘ng bu muzokaralarni davom ettirishning yagona yo‘li degan xulosaga keldi.
Izoh (0)