Yakkakurashning K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Xitoyda boshlanib, yakuniy bosqichi Tailandga ko‘chgan EM-Legend turnirida yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Pxuket shahrida bo‘lib o‘tgan chorak finalda u mezbon jangchi — tailandlik Narong bilan jang qildi va raqibini mag‘lub etdi. “Olamsport” nashrining xabar berishicha, 65 kilogramm vazngacha bo‘lgan sportchilar to‘qnashuvida Boynazarov raqibini ikki raunddayoq taslim qila olgan.
Muxlislar orasida The Uzbek laqabi bilan tanilayotgan Anvar Boynazrov oldindagi bir oy ichida yarim final jangini o‘tkazishi kerak. Uning bu boradagi raqibi yaqin kunlar ichida aniq bo‘ladi.
Karyerasi davomida 120 ga yaqin jang o‘tkazgan Anvar Boynazarov sentabr oyida Toshkentda ham jang qilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)