Pentagon afg‘onistonlik razvedka xodimlarini o‘qitishga 457,7 million dollar sarfladi, ammo o‘qitish ko‘zga ko‘rinarli natijalar keltirmadi. Bu haqda Special Inspector General for Afghanistan Reconstruction (SIGAR) komissiyasi ma’lumot keltirdi.
Hisobotda aytilishicha, AQSh mudofaa vazirligi 2010–2013-yillar orasida Afg‘onistondagi Legacy Afghanistan R&D va Afghanistan Source Operations Management (ASOM) kompaniyalari bilan ikkita shartnoma imzolagan. Mashg‘ulotlarda jami 70 nafar Afg‘oniston milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlari (ANDSF) xodimlari ishtirok etgan. Ammo o‘quvlar samara bermagan.
Muqaddam Pentagon afg‘on harbiylariga o‘rmon landshaftiga moslashgan forma olib berishga 94 million dollar sarflagani ma’lum bo‘lgan edi. O‘rmonlar Afg‘oniston hududining bor-yo‘g‘i 2 foizini egallaydi.
Izoh (0)