Kecha — 4-avgust kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pley-off guruh bosqichi oldidan so‘nggi saralash raundi vazifasini o‘tab beradi. Guruh bosqichida ishtirok etuvchi 22 jamoa nomi allaqachon aniq bo‘lib ulgurgan. Pley-offdagi 10 ta o‘yindan keyin esa yana 10 ta klub guruh bosqichida kurash olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Germaniya Bundesligasining so‘nggi mavsumida katta shov-shuv ko‘targan “Xoffenxaym” Chempionlar ligasida ishtirok etish baxtiga o‘z tarixida ilk bor musharraf bo‘lgandi. 29 yoshli murabbiy boshqaradigan jamoa guruh bosqichi chiptasini qo‘lga kiritishi uchun tajribali Yurgen Klopp boshqaradigan “Liverpul” dovonidan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Quyida pley-offning barcha juftliklari bilan tanishib olishingiz mumkin.
Yevropa Chempionlar ligasi Pley-off bosqichi 15—16-avgust
Chempion jamoalar dovoni“Seltik” (Shotlandiya) — “Astana” (Qozog‘iston)“Qorabog‘” (Ozarbayjon) — “Kopengagen” (Daniya)“APOEL” (Kipr) — “Slaviya” (Chexiya)“Olimpiakos” (Gretsiya) — “Riyeka” (Xorvatiya)“Xapoel B-Sh” (Isroil) — “Maribor” (Sloveniya)
Saralangan jamoalar dovoni“Yang Boyz” (Shveysariya) — “SSKA” (Rossiya)“Xoffenxaym” (Germaniya) — “Liverpul” (Angliya)“Napoli” (Italiya) — “Nitssa” (Fransiya)“Istanbul B” (Turkiya) — “Sevilya” (Ispaniya)“Sporting” (Portugaliya) — “Styaua” (Ruminiya)
Izoh (0)