25-avgust kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Avvalroq bu haqda norasmiy xabar berildi, endilikda O‘FF matbuot xizmati uni rasman ma’lum qildi.
Bellashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unga xorijdan hakamlar taklif etiladimi yoki odatga ko‘ra o‘yin o‘zbekistonlik referilarga ishonib topshiriladimi — ma’lum emas.
Samvel Babayan unda ishtirok etadigan futbolchilar nomini keyinroq oshkor qiladi. Katta ehtimol bilan Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda terma jamoaning asosiy legioner futbolchilari ishtirok eta olmasligi mumkin.
O‘zbekiston terma jamoasi bundan bir yil muqaddam ham Qirg‘izistonga qarshi o‘yin borasida kelishuvga erishgan bo‘lib, keyin uni o‘z ixtiyori bilan uni yo‘qqa chiqargandi.
JCh—2018 saralashining hal qiluvchi pallasida turgan O‘zbekiston 31-avgust kuni safarda Xitoy bilan o‘ynaydi, 5-sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi. Qirg‘izistonga qarshi o‘yin mana shu rasmiy bellashuvlar oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Izoh (0)