Yaponiyaning Toyota va Mazda avtomobilsozlik kompaniyalari AQShda zavod qurish, shuningdek, elektromobillari uchun texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish maqsadlarini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Zavodni 2021-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari 1,6 milliard dollarga tushadi. Korxona yiliga 300 ming donagacha avtomobil ishlab chiqaradi, unda 4 ming nafargacha odam ishlaydi, deb xabar bermoqda Reuters.
Toyota mazkur zavodda Corolla avtomobilini, Mazda esa Shimoliy Amerika bozori uchun mo‘ljallangan yangi krossoverlarni ishlab chiqaradi.
Toyota bungacha Shimoliy Amerika bozori uchun mo‘ljallangan Corolla mashinalarini Meksikada bunyod etilayotgan zavodida ishlab chiqarmoqchi edi. Mazkur reja AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan tanqid qilingan. Endi kompaniya Meksikadagi zavodda Tacoma mashinalarini ishlab chiqarmoqchi.
Izoh (0)