Kataloniyaning “Barselona” klubi Neymarni sotishni istamagandi va futbolchini olib qolish uchun oxirigacha harakat qildi.
Biroq sotishdan o‘zga chorasi qolmadi. “PSJ” futbolchining shartnomasida belgilab qo‘yilgan tovon pulini to‘lashga qaror qildi. Bu shunday holatki, futbolchining o‘zi rozi bo‘lsa va unga da’vogar tovon pulini to‘lay olsa, “Barselona” hech narsa qila olmasdi. Yakunda shunday bo‘ldi.
Ushbu holat jahon futboli jamoatchiligi tomonidan keng muhokama qilinayotgan bir paytda “Championat.asia” xodimi Madridning “Real” klubi o‘z futbolchilari bilan shartnoma tuzayotganida tovon pulini qanday belgilaganiga e’tibor qaratdi. Bunda asosan yetakchi futbolchilar tanlab olingan bo‘lib, ular orasida ko‘tarma narxi 1 milliard yevroni tashkil qiladiganlari ham bor.
“Real Madrid”
Krishtianu Ronaldu — 1 milliard yevroKarim Benzema — 1 milliard yevroLuka Modrich — 500 million yevroGaret Beyl — 500 million yevroHames Rodriges — 500 million yevroSebalyos — 500 million yevroMarko Asensio — 350 million yevroToni Kroos — 300 million yevroKo‘rsatmoqdaki, “Qirollik klubi” o‘z futbolchilarini saqlab qolish siyosatiga nisbatan jiddiyroq e’tiborda bo‘lgan.
Izoh (0)