18 kishi, shu jumladan, o‘zbekistonlik bolalar Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Qizil-Oruk qishlog‘i yaqinida yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb yozadi “Nuz.uz”. Xayriyat, qurbonlar yo‘q, ammo jabrlanganlarning bir nechtasi shifoxonaga yotqizildi.
3-avgust kuni ertalab Bishkekka ketayotgan Volkswagen mikroavtobusi Cho‘lponota shahriga otlangan Mazda rusumidagi avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Mikroavtobusda O‘zbekistondan raqs kollektivi: 13 kishi, bolalar va kattalar bo‘lgan. Mazda’da esa besh yo‘lovchi bo‘lgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, avtohalokat taxminan 11:30 da “Baliqchi—Cho‘lponota—Qorako‘l” avtoyo‘lining 17-kilometrida yuz bergan.
To‘qnashuv natijasida 9 kishi jabrlandi. Ularning to‘rt nafari, shu jumladan, bir bola — O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning barchasi turli shikastlanishlar bilan Baliqchi shahridagi kasalxonaga yetkazildi.
YTH joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. O‘zbekiston elchixonasi vaziyatni nazorat otiga oldi: konsullik bo‘limi jabrlangan o‘zbekistonliklarning shaxsini aniqlab, ularga zarur yordamni ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)