AQSh prezidenti Donald Tramp u Oq Uyni “haqiqiy ovloq yer” deb atagani haqida Golf sport jurnalida chop etilgan ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Men Oq Uyni yaxshi ko‘raman, bu men ko‘rgan eng yaxshi binolardan va yashash joylaridan biridir. Ammo yolg‘on OAVga ko‘ra, men go‘yoki bu yerni ovloq deb atagan emishman. Bu haqiqat emas”, — degan yozuv qoldirdi u o‘z sahifasida.
Maqolada aytilishicha, davlat rahbari bu so‘zlarni Nyu-Jersi shtatidagi golf klubi a’zolari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tgan. Trampdan u dam olish kunlari nega klubga ko‘p kelishi haqida savol berishgan.
“Oq Uy — haqiqiy ovloq joy”, — deb javob bergan Oq Uyning amaldagi xo‘jayini.
Izoh (0)