AQSh prezidenti Donald Tramp Green Card lotereyasidan voz kechishni ko‘zda tutuvchi The RAISE qonun loyihasini taqdim etdi, deb yozadi “RBK”.
Ushbu qonun loyihasini Tramp “yarim asr ichida immigratsiya tizimidagi eng katta islohotlardan biri” deb atadi. Qonun loyihasini tayyorlashda senatorlar Devid Perdyu va Tom Kotton qatnashdi.
Qonun loyihasi Green Card lotereyasi o‘rniga “musobaqa protsessi”ni joriy etishni taklif qilmoqda, unda o‘zini va oilasini moliyaviy ta’minlay oladigan hamda “Amerika iqtisodiyoti uchun zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan” ingliz tilida so‘zlashuvchi muhojirlar istiqomat uchun guvohnomani qo‘lga kiritish uchun kattaroq imkoniyatga ega bo‘ladi.
“Turli millatdagi immigrantlar uchun vizalar dasturi bo‘yicha immigratsiya” (Diversity Visa) dasturi AQShda 1990-yildan buyon amal qiladi. Har yili Green Card lotereyasining 50 ming nafar g‘olibi aniqlanadi, ular AQShda istiqomat uchun guvohnomaga va ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ladi.
Izoh (0)