Yozgi tanaffusda Toshkentning “Paxtakor” klubi “Nasaf”dan ikki futbolchini sotib olgandi: darvozabon Eldor Suyunov va himoyachi Sherzod A’zamov.
“Lokomotiv”ga qarshi O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan uchrashuvdan keyin “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev transfer “paxtakorchilar” uchun qanchaga tushganiga oydinlik kiritdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Sherzod A’zamov va Eldor Suyunovning transferidan tushgan pulni qolgan futbolchilarning oylik-maoshiga ishlatdik. Klub vakillaridan ikki futbolchi uchun “Paxtakor” 1 milliard so‘m to‘laganini eshitdim.Murabbiyning aytishicha, “Nasaf” o‘tgan mavsum iliq taassurot qoldirgan Krasichni ortga qaytarishga urinib ko‘rgan. Biroq futbolchi Armaniston klubi bilan kelishib qo‘ygani uchun, qarshiliklar taklifini rad etgan.Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Izoh (0)