Microsoft harakatlantiruvchi asablar tizimida muammolari bo‘lgan foydalanuvchilarga kompyuterni boshqarishda yordam beruvchi Eye Control funksiyasini Windows 10’ga kiritadi, deb yozadi “TASS” korporatsiya xabariga tayanib.
“Windows Insiders dasturi ishtirokchilari allaqachon bu imkoniyatdan foydalanib ko‘rishi mumkin, rasman esa u shu yilning kuzida Windows 10 Creators Update bilan birga chiqadi”, — deyiladi press-relizda.
Eye Control to‘plamidagi ba’zi funksiyalar sichqoncha, boshqalari klaviatura o‘rnini bosishi kerak. Shape-writing tanib olish usuli matnni ko‘z harakati bilan tez kiritish imkonini beradi: foydalanuvchi virtual klaviaturaga qarab, so‘zning birinchi harfida nigohini ushlab turadi, so‘ng navbatdagi harflarga tez-tez ko‘z tashlab ketaveradi.
Izoh (0)