Myunxenda bo‘lib o‘tgan Audi Cup musobaqasining finalida Angliyaning “Liverpul” hamda Ispaniyaning “Atletiko” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Yarim finalda madridlik futbolchilar “Napoli” ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Liverpul” turnir mezboni hisoblangan “Bavariya” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga erishgandi.
Finalda hisob “Atletiko” futbolchilari tomonidan ochildi. Asosiy vaqt yakuniga 7 daqiqa qolganida esa Roberto Firmino penaltini aniq amalga oshirib, “mersisayd” klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa hakam 11 metrlik zarbalarga navbatni berdi. Unda “Atletiko” raqibi ustidan 5:4 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.
Diyego Simeone shogirdlaridan Antuan Grizmann, Fernando Torres, Gabi, Nikolas Gaytan va Filipe Luis kabi futbolchilar zarba berishda adashmadi. “Liverpul”da esa Jordan Xendersonning zarbasini Migel Anhel Moyya qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Audi Cup Final 2-avgust, chorshanba
Izoh (0)