Prezidentning 1-avgustdagi farmoniga muvofiq Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbarining saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Uz24.
Saidkamol Xo‘jayev o‘tgan yilning mart oyidan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.
U “Agrobank” raisi lavozimini egallaydi. Bankning avvalgi rahbari Abduvahob Tamikayev Zangiota tumaniga hokim etib tayinlandi.
Xo‘jayev bank tizimidagi faoliyatini 1997-yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003-yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007-yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2014-yilning dekabridan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi vazifasida ishlagan.
Izoh (0)