Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Mordoviya Respublikasidagi qishloqda erkak qo‘shnisinikida o‘tkazilayotgan to‘yni o‘qqa tutdi. Kelin, kelinning dugonasi va kuyovning tog‘asi yaralandi. Yana bir ayol tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga qo‘yib yuborildi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Aniqlanishicha, qurolli hujumni jabrlanuvchilarning qo‘shnisi — ovchilik asboblari do‘konining direktori uyushtirgan. Uning uyi tintuv qilinganida miltiq, pnevmatik vintovka, pichoq va o‘q-dorilar topilgan. “O‘qotar” hovuz yoniga bormoqchi bo‘lgan qo‘shnilari begona yer maydoni orqali o‘tmoqchi deb o‘ylagan, shu asosda nizo kelib chiqqan.
Aniqlik kiritilishicha, erkak alkogol mastlik holatida bo‘lgan. Bundan tashqari, u politsiyachilarga osonlik bilan taslim bo‘lmagan, hatto mahalliy fuqarolarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
42 yoshli mergan qo‘lga olindi, “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)