Rossiya milliy Quyosh observatoriyasi olimlarining aytishicha, 2017-yil avgustida tarixdagi eng yirik Quyosh tutilishi kuzatiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Oy Quyoshni 1,5 soatga to‘sib qo‘yadi, Quyosh toji esa oldingi tutilishlardagidan bir qadar kattaroq bo‘ladi.
Ushbu noyob tabiat hodisasini faqat AQShda istiqomat qiluvchilar kuzata oladi. Quyosh faolligini tutilish chog‘ida DKIST teleskopi o‘lchab boradi.
Izoh (0)