Marokash qiroli Muhammad VI mamlakat shimolida bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida qo‘lga olingan qariyb 1200 kishini afv etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Afv etilgan qatnashchilarning bir qismi port shahar hisoblangan El-Hosayma va uning okruglarida bo‘lib o‘tgan namoyishlarda ishtirok etgan. Kechirilganlar jinoyat sodir etmagan va jiddiy hodisalarda ishtirok etmagan kishilar bo‘lgan.
Izoh (0)