Filippinning Mindanao orolida joylashgan Ozamiz shahri meri Reynaldo Parojinog politsiya reydi chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Muqaddam mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte uni noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga aloqador siyosatchi deb atagan edi.
Merdan tashqari, yana olti kishi yo‘q qilindi.
Politsiya tegishli ruxsatnomalar asosida Parojinogni uning uyida hibsga olmoqchi edi. Hibsga olinadiganlar orasida Parojinogning mer o‘rinbosari lavozimida ishlaydigan qizi va yana to‘rt amaldor bor edi.
Otishmada Parojinog hamda uning olti nafar tan soqchilari va qarindoshlari halok bo‘ldi. Merning qizi hibsga olindi.
Izoh (0)