Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull samolyotni yo‘q qilish bo‘yicha terroristik fitna fosh etilganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“O‘tgan tunda maqsadi samolyotni halokatga uchratish bo‘lgan terroristik fitnani barbod qilish bo‘yicha yirik aksilterrorchilik operatsiyasi bo‘lib o‘tganini ma’lum qilishim mumkin”, — deya gapirib berdi u jurnalistlarga.
Siyosatchining ma’lumotlariga ko‘ra, Sidneydagi reydlar chog‘ida to‘rt kishi qo‘lga olindi. Avstraliyadagi barcha aeroportlarda qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etildi. Tyornbullning aytishicha, ehtimoliy hujum ssenariysi yolg‘iz terrorchi tomonidan rejalashtirilgani amri mahol.
Aniqlik kiritilishicha, yovuz niyatlilar samolyotni qo‘lbola qurilma orqali portlatishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, hukumat teraktning ehtimoliy nishoni xalqaro yoki ichki reys bo‘lgani haqida hozircha ma’lumot bermayapti.
Izoh (0)