AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi THAAD raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Alyaskada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini bildirdi. Bu haqda, NBC telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Texasning Fort-Bliss bazasida o‘rnashgan 11-zenit artilleriya brigadasi harbiy xizmatchilari tizimni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan sinovlar AQShga “o‘sayotgan tahdiddan bir qadam oldindar bo‘lish” imkonini beradi.
Izoh (0)