Oliy ligada faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilingan Toshkentning “Obod” klubi ukrainalik 3 nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi, deb ma’lumot berdi “Maydon.uz” nashri.
Ayni paytda futbolchilarning kim ekani va ular qaysi klubdan yetib kelishi sir tutilmoqda. Aniq tomoni shundaki, legioner futbolchilar faoliyatini “Obod”da davom ettirishga rozilik bildirgan. Gap faqatgina ikki tomon muzokarasi qanday yakun topishida qolgan.
Katta ehtimol bilan ukrainalik legionerlar Toshkentga 2-avgust sanasiga qadar yetib keladi. Oldinroq klub bosh murabbiyi etib ukrainalik Andrey Demchenko tayinlangani va bundan buyon “Obod”ni Ukraina investorlari moliyalashtirishi aytilgandi.
Izoh (0)