NASA birinchi marta Yupiterning realistik fotosuratlarini taqdim etdi. Ularda Katta qizil dog‘ tabiiy ko‘rinadi, deb ta’kidlaydi “Korrespondent.net” nashri.
Juno zondi o‘tgan yil iyulining boshida gigant sayyoraga yaqinlashib, uning atrofidagi barqaror orbitaga chiqqan edi.
Iyul boshida Juno Yupiterga yettinchi marta yaqinlashib, Katta qizil dog‘ning kamyob suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Katta qizil dog‘ — sayyora atmosferasining yuqori qavatlarida qariyb ikki asrdan buyon tinmayotgan shiddatli dovul-antisiklondir.
Izoh (0)