O‘zbekistonda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shakli joriy etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqib, ikki oy muddatda amaliyotga joriy qilish yuklatildi.
Izoh (0)