Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni o‘ldirishda gumondor ikki ayol oktabr oyida Malayziya sudi oldida javob beradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sudning birinchi majlisi 2-oktabrda bo‘lib o‘tadi. Ish 23 kun ichida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Sudda 30–40 guvoh eshitiladi.
28 yoshli Vyetnam fuqarosi Doan Ti Xuong va 25 yoshli Indoneziya fuqarosi Siti Aysiyax Kim Chon Namning o‘ldirilishida yagona gumondorlar hisoblanadi. Ular o‘z aybini tan olmayapti. Shunga qaramay, ayollar o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Kim Chon Nam shu yilning fevral oyida Kuala-Lumpur aeroportida zaharlab o‘ldirilgan edi. Gumondor ayollardan biri zaharli moddani erkakning yuziga sepgani ma’lum.
Izoh (0)