• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ayol-jarroh — ayol ham emas, jarroh ham”. Nega jarrohlik hanuzgacha erkaklarning ishi hisoblanadi?

    Jarrohlik erkaklar kasbi hisoblanadi: u oilaga kam vaqt qoldiradi, katta jismoniy chidamlilikni va matonatni talab qiladi — bu sifatlarni ko‘pchilik ayollarga xos bo‘lmagan sifatlar deb hisoblaydi. Meduza shifokorlikka o‘qib, jarrohlik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan qizlar, shuningdek, ayollar ishlaydigan jarrohlik bo‘limi boshlig‘i bilan suhbat uyushtirdi.

    Olga Lopushanskaya, jarroh, ko‘krak qafasi onkologiyasi hamda bosh va bo‘yin o‘smalariga ixtisoslashgan

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    “Men shifokorlar oilasidanman. Otam — harbiy jarroh, bolaligimning ma’lum bir qismini garnizon gospitalida o‘tkazganman. Oltinchi-yettinchi sinfdaligimdayoq otamning operatsiyasiga kirishga ruxsat so‘raganman. Birinchi saralash — jarroh yoki jarroh emaslik kishi birinchi marta operatsiyaga kirgan bosqichda yuz bersa kerak. O‘shanda bu fiziologiya senga yaqin yoki yaqin emasligini tushunib yetasan. Gangrena tufayli (nekroz, to‘qimalarning o‘lishi) oyoqlarni kesib tashlash operatsiyasi meni sira cho‘chitmadi. Universitetda jarrohlik, shoshilich qismning qabul bo‘limida navbatchilik qilganman. Otam jarrohlik og‘ir jismoniy mehnat ekanligini ta’kidlab, meni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qilgan. Biroq men umumiy jarrohlikni tanladim va bundan afsuslanmayman. Ota-onam hozir meni qo‘llab-quvvatlashadi.

    Dastlab umumiy jarrohlik internaturasida edim, keyin onkologiya bo‘yicha ordinaturani davom ettirdim. Dastlab bosh va bo‘yin o‘smalari bo‘limida ishladim. Bu juda qiziqarli va noyob mutaxassislik. Masalan, o‘smani olib tashlagandan so‘ng yuzda katta nuqson qolishi mumkin, shuning uchun operatsiya yakunlash manyovrlari albatta biror plastik komponent bilan yakunlanishi lozim. Ko‘pincha bunday operatsiyalarning natijasi — haqiqiy sehrgarlik.

    Oxirgi yillarda torokal onkologiya (ko‘krak qafasi organlari onkologik xastaliklariga bag‘ishlangan tibbiyot sohasi) bilan shug‘ullanmoqdaman.

    Ayol kishi jarroh bo‘la olmasligining obyektiv sabablari yo‘q deb o‘ylayman. Bu ish qo‘lidan kelmaganlar, biror shaxsiy muammolari bor insonlar har doim topiladi, biroq mening ishlashimga hech kim xalaqit bermagan. Jismoniy jihatdan, ayollar ba’zan erkaklarga qaraganda chidamliroqdek tuyuladi. Ayol kishi dekretga ketganda uning ko‘nikmalari biroz yo‘qoladi, biroq ularning barchasi juda tez qayta tiklanadi.

    Erkaklar kollektivida ishlasang, biroz vaqtdan so‘ng o‘zlarining odamiga aylanasan. Biroq bundan ayollik nazokatini yo‘qotmaysan. Jarroh bo‘lish bilan birga ayolligingni saqlab qolishing mumkin. “Ayol-jarroh — dengiz cho‘chqasiga o‘xshaydi: ayol ham emas, jarroh ham” degan ma’nosiz iboraning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q.

    Jarroh bo‘lishni istasang, butun bo‘sh vaqtingni unga bag‘ishlashga tayyor turasan. Bu navbatchiliklar, ko‘p holatlarda shoshilinch operatsiyalar. Sutkalab uyda bo‘lmasliging mumkin. Hamma ayollar ham bunga rozi bo‘lavermaydi. Besh yoki o‘n yil keyin nima bo‘lishini bashorat qila olmayman, biroq hozir o‘zimga yoqqan ish bilan shug‘ullanayapman va hech qayerga ketmoqchi emasman”.

    Albina Muxomedyarova, onkourolog

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    “Ikkinchi kursdan boshlab navbatchilikka bora boshladim. Ularda talabalar kechasi klinikada qolib, operatsiyalarda ishtirok etadi. Men onkologiya bo‘limida edim va juda ilhomlandim: u menga Antarktidadek tuyuldi, uni o‘rganish kerak, u shifokorlar uchun kashf etilmagan narsalar juda ko‘p bo‘lgan ulkan maydon. Oxirgi o‘n yil ichida onkologiya sohasida yuz bergan narsalar insonni hayratga soladi: avval mutlaqo davosiz hisoblangan xastaliklarga yangicha yondashuvlar paydo bo‘lmoqda. Ko‘z o‘ngingda shunchalik keng ko‘lamli narsalar yuz berganda, bunda albatta ishtirok etishing lozimligini tushunib yetasan.

    Gersen nomidagi Moskva onkologiya instituti ordinaturasida o‘qiy boshladim va onkourologiya bo‘limida ishlayotganimda bu jarrohlik menga juda yoqib qoldi.

    Yangi asboblar va usullarning paydo bo‘lishi bilan operatsiya vaqtini qisqartirishga erishildi. Biroq hozir ham avvalgidek ayollar oilasi uchun ko‘proq javobgar hisoblanadi. Shu sababdan ular dekret ta’tiliga ketadi, tajriba va ko‘nikmalarning esa jarrohlikda o‘rni juda muhim.

    Biroq mehnatsevar va o‘z kasbi deb yonib yashovchi kishilar sevimli kasbida qolish imkoniyatini topishiga ishonaman. Hozir yosh yigitlar, aspirant va ordinatorlar bilan bir xil sharoitdamiz, teng sharoitlarda o‘qimoqdamiz. Ishlash uchun keldingmi, ishlaysan. Bu yerda qaysi jins vakili ekanliging muhim emas, hech kim qiz bola ekanliging uchun ko‘proq g‘amxo‘rlik qilmaydi. Soat olti bo‘ldi, uyga ketdim, deyishing mumkin. Albatta bemoringni yolg‘iz qoldirmaydigan navbatchi shifokorlar bor. Biroq bu sen yaqindagina operatsiya qilgan o‘z bemoring-ku. Qanday uni qoldirib, uyga ketish mumkin? U oyoqqa turib, uyga ketgandan so‘ng yengil nafas olish mumkin.

    Men va hamkasblarim tajribasidan kelib chiqib tibbiyotda ‘dam olish’ va ‘ta’til’ tushunchalari noaniq tushunchalar ekanligini aytishim mumkin. Birinchi bech-yetti yil yangi narsani o‘rganish, biror yangi operatsiyada qatnashish uchun jon-jahding bilan kirishasan. Qaysidir lahzada oxirgi yilda bir hafta yoki ikki hafta ta’tilda bo‘lganligingni anglaysan.

    Men ish va shaxsiy hayotni birga olib borish mumkin degan qat’iy fikrdaman. Institutda o‘qiganimda ko‘pchilik jarrohlikdan qaytarishga urinib, biroz qo‘pollashib qolgan ayollarni misol keltirishgan. Lekin tanishlarim orasida bunaqa ayollar yo‘q. Atrofimda sira qo‘pollashmagan, maftunkor va yoqimli qizlarni ko‘raman”.

    Yekaterina Baron, ordinator, ixtisosligi kolorektal jarrohlik

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    “Ilk bor laparoskopni qo‘lga olganimda, uni sevib qolganman. Zamonaviy kolorektal jarrohlikning yarmidan ko‘pini laparoskopik operatsiyalar tashkil qiladi. Abdominal jarrohlikni juda yoqtirib qoldim, biroq ‘yuqori qavat’ (oshqozonosti bezi, oshqozon, jigar) — bu haqiqatda erkaklarning ishi. Bu operatsiyalar o‘n soatlab davom etadi, biroq gap bunda ham emas, gap shundaki, operatsiya xonasidan chiqqaningdan so‘ng ish kuning boshlanadi. Sen kasallaring bilan shug‘ullana boshlaysan, ularning ko‘pchiligi esa og‘ir ahvolda bo‘ladi.

    Yuqoridagi vaziyatlarni hisobga olmaganda ham, jarrohlik — bu haqiqatan ham ba’zi istisnolardan tashqari mutlaqo erkaklar kasbi. Katta jarrohlik uchun boshqacha fikrlash lozim, qaror qabul qilish esa erkaklar va ayollarda baribir farq qilsa kerak deb o‘ylayman. Bu favqulodda vaziyatlarda kuzatiladi. Juda ozchilik ayollar sovuqqonlik bilan, tez va hissiyotlarsiz qaror qabul qila oladi.

    Qolaversa, bu kasb o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liq. O‘ziga bo‘lgan ishonchi erkaklarnikidek kuchli ayolni uchratish qiyin bo‘lsa kerak. Ayollarni u xato qilayotganligiga ishontirish osonroq.

    Qizlar kamdan-kam holatlarda maqsadli ravishda jarrohlikka o‘qitiladi — chunki ular baribir dekretga chiqadi. Bu gapni tez-tez eshitish mumkin. Eng qayg‘uli jihati, ular qisman haq bo‘lib chiqadi. Har qanday jarroh u ikki haftalik ta’tilga chiqqanda ishga uvushgan qo‘llar bilan qaytishi va biroz o‘ziga kelishi kerakligini yaxshi biladi. Dekret esa jarrohlik stolisiz bir-ikki yilni anglatadi.

    Ayollar huquqi haqida emas, tibbiyot haqida so‘z yuritganda birinchi o‘rinda bemorlar ekanligini tushunish lozim. Uzluksiz ish uchun esa erkaklar yaxshiroq. Hozirda jiddiy jarrohlar — bu 23 yoshidan kuniga 12 soatdan, tanaffuslarsiz ishlagan erkaklardir.

    Ilk bor jarrohlik bo‘yicha navbatchilikka to‘rtinchi kursligimda borganman. Har kuni bu ayollar ixtisosligi emasligi haqida gapirishadi va buni ko‘rsatishadi. Ba’zilar esa ayollarga jarroh bo‘lishga yordam berib, uni hayotini buzasan degan fikrda ham bo‘lishadi. Biroq ayol kishi jarrohlikka jiddiy qaror qilgan bo‘lsa, unga o‘g‘il bolalarga qaraganda uch marta ko‘proq talablar qo‘yiladi. Sen qilgan xatolar boshqacharoq qabul qilinadi”.

    Gleb, jarroh, abdominal onkologiya bo‘yicha ixtisoslashgan

    “Ayol-jarrohlar va erkak-jarrohlarni professional sifatlar bo‘yicha taqqoslab bo‘lmaydi. Agar ayol professional bo‘lsa, demak u professional. Biroq jarrohlikda mukammallikka erishish uchun juda ko‘p vaqt sarflash kerak. Bu masalada esa tafovutlar yuzaga kela boshlaydi. Ayollar mutaxassis bo‘lishining qiyin jihati, ularning qo‘li yoki boshi yomonroq ekanligida emas, shunchaki bunga vaqtlari yetarli emasligida. Mamlakatimizda va chet elda juda ko‘p ajoyib jarrohlarni bilaman. Biroq buyuk jarroh bo‘lgan ayollarni barmoq bilan sanash mumkin. Afsuski, ularning shaxsiy hayoti unchalik yaxshi emas, chunki ular uni qurbon qilishga majbur.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Ayol jarrohlar soni oshganligini payqamadim. Biroq o‘qishga ko‘proq qizlar kelayapti. Ba’zan ular pushti ko‘zoynakda kelishadi, inson hayotini qutqarish haqida o‘ylaydi. Keyin esa bu ter, axlat, peshob, mast bemorlar, qo‘pol kishilar bilan bog‘liq ekanligi oydinlashadi. Shuning uchun boshida umid beradigan qizlar ham vaqt o‘tishi bilan ‘bu men uchun emas ekan’ degan qarorga keladi. Ularni hech kim majburlamaydi. Ular yoki katta jarrohlikdan kichigi — ginekologiya, mammologiyaga o‘tadi, yoki poliklinika ishiga o‘tib ketadi.

    Bizda qolib ishlayotgan qizlarga chin ko‘ngildan achinaman. Chunki ishga kelaman — ular allaqachon ishda, ishdan ketaman — ular hamon ishda. Bu vaqtda ularning tengdoshlari tunggi klublarda, yigitlari bilan restoranlarda ekanligini yaxshi tushunaman. Ular esa ishda. Ularning qanday ishlashidan juda mamnunman, rahbar sifatida baxtliman, biroq bu qizlarning yigiti sifatida qarasam, bunday tuyg‘ularni his etmagan bo‘lardim.

    Tug‘ruq ta’tili ayollarning kasb yo‘liga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Dekret — bu faqat bir yarim yil davomida ishlamaslik emas. Bola o‘sa boshlaydi, kasal bo‘lib qoladi — bu ham vaqt ajratishni talab qiladi. Bugungi kunda texnologiya shunchalik tez rivojlanayaptiki, ayollarning dekretga ketishi bu end of story, hammasini boshidan boshlash kerakligini anglatadi. Biroq bu ilm-fanda. Jarrohlik esa buncha tez o‘zgarmaydi, unga yetib olish mumkin. Biroq buning uchun ishni boshlagan paytdagidek qat’iyat kerak. Ayollarning esa farzandi, eri va oilasi bor.

    Jarrohlik bo‘limida ayol kishining ishlashi erkak xodimlar va bemorlar uchun emotsional jihatdan plyus. Ko‘pincha bemorlar davolovchi vrach ayol kishi bo‘lishini istaydi, chunki mehribonlik, rahmdillik va hamdardlik tuyg‘ulari ayollarda ko‘proq deb o‘ylayman. Professional jihatdan ayollar va erkaklarni ajratmayman, lekin bu nuqtai nazardan ayollar yaxshiroq”.

    28.07.2017, 15:11   Izoh (0)   21405
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh diplomatlari oilalariga Venesuelani tark etish buyurildi

    28.07.2017, 14:34

    Venesuela prokuraturasi mamlakatdagi ish tashlash davomida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

    28.07.2017, 13:38

    OAV: Trampning yordamchilari uni adliya vaziri Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinmoqda

    28.07.2017, 12:46

    AQSh Suriya qurolli muxolifati guruhlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qildi

    28.07.2017, 12:34

    OAV: Isroil ilk bor Falastin bilan hududlar almashishga tayyorligini bildirdi

    28.07.2017, 12:24

    Janubiy Koreya harbiylari KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlarini kuzatmagani bildirildi

    28.07.2017, 12:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.