Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

WhatsApp messenjeri auditoriyasi kuniga 1 milliard kishidan oshib ketdi, deb yozadi TJournal kompaniya blogiga tayanib. Bir oyda dasturdan 1,3 milliard kishi foydalanadi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Har kuni messenjer foydalanuvchilari 55 milliard xabar, 4,5 milliard fotosurat va 1 milliard video yuboradi. U 60 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi.

WhatsApp Stories  — o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan xabarlar auditoriyasi kuniga 250 million kishiga yetdi. Instagram Stories’ga ham har kuni 250 million kishi tashrif buyuradi, Snapchat’ga esa — 166 million kishi.

2014-yilning fevralida Facebook WhatsApp’ni 16 milliard dollarga sotib oldi, o‘shanda messenjerning auditoriyasi 450 million foydalanuvchidan iborat edi, shularning 320 milliondan ziyodi dasturdan har kuni foydalanar edi. 2016-yilda WhatsApp auditoriyasi oyiga 1 milliard kishiga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi