Hakimjon Abdulazizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Bunga davlat rahbarining 2017-yil 26-iyuldagi qarori asos bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2007-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hakimjon Abdulazizov Angren shahar hokimi etib tayinlandi.
Izoh (0)