AdMe nashri qanchalik kirishni istasangiz ham kirishning imkoni yo‘q bo‘lgan maxfiy joylar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Mormonlarning maxfiy bazasi, Yuta, AQSh
Granit tog‘idan 200 metr chuqurlikda mormonlar tomonidan qurilgan maxfiy ombor joylashgan. Mish-mishlarga ko‘ra u yerda mormonlar uchun qadrli bo‘lgan buyumlar saqlanadi. Bu yerga faqatgina cherkovning oliy a’zolarigina kirishi mumkin. Bazaning joylashgan o‘rni yadroviy portlashga ham bardosh bera oladi.Butunjahon urug‘ saqlash omborxonasi, Svalbard, Norvegiya
2008-yilda Shpisbergen orolida butunjahon urug‘larni saqlash omborxonasi ochilgan. U yerda sayyoradagi o‘simliklar urug‘ining 250 million xil namunasi saqlanadi. Orolda hech qanday tektonik faollik yo‘q, bundan tashqari u dengiz sahtidan 130 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu uni urug‘ saqlash uchun eng yaxshi joy ekanligini ta’minlaydi.Niixau oroli, Gavayi, AQSh
Gavayi arxipelagidagi ushbu kichik orolga kirish taqiqlanadi. Niixau 1863-yilda plantatorlar oilasiga sotilgan, 1915-yilda esa unga kirish taqiqlab qo‘yilgan. Orolga kirishning bugungi kunda ham imkoni yo‘q. Niixau qirg‘oqbo‘yi qorovullarining nazorati ostida.“Pionen” bunkeri, Stokgolm, Shvetsiya
Bahnhof provayderining ma‘lumotlar markazi 30 metr chuqurlikdagi g‘orda joylashgan, Ushbu bunker 1943-yilda, yadroviy zarbadan himoyalanish uchun qurilgan. Uning ichida sun’iy sharshara va hajmi 2,6 ming litrli akvarium mavjud.ADX Florence qamoqxonasi, Kolorado, AQSh
Ushbu qamoqxonaning norasmiy nomi — “Tog‘li Alkatras”. Mahbuslar kamerasi — yaxlit toshdan iborat, hatto ularning yotog‘i va rakovinalari ham betondan quyilgan. Qamoqxona ichida ko‘plab lazerli qopqonlar mavjud, qolgan eshiklar tarmoq orqali nazorat qilinadi. Bu yerda barcha qo‘riqchilar qochishga uringan mahbuslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri otish huquqiga ega.“Yashil namatak” hordiq chiqarish bazasi, Virjiniya, AQSh
Ushbu joy dunyoda eng qattiq qo‘riqlanadigan kurort hisoblanadi. Bu yerda faqatgina AQSh hukumati xodimlari dam olishi mumkin. Shuningdek, bazada yadroviy urushdan himoyalanish maqsadida qutqaruv bunkeri ham mavjud.Vatikanning maxfiy arxivlari
Dunyodagi eng yopiq kutubxona. Arxivda VIII asrdan beri Rim papalarining hujjatlari saqlanadi. Bu yerga faqatgina ilmiy xodim kirishi mumkin, shunda ham bir nechta tekshiruv bosqichlaridan so‘ng.Bold Lane avtoturargohi, Derbshir, Buyuk Britaniya
Ushbu avtoturargoh — dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri. Haydovchilarga avtoturargohdagi o‘rni bilan sinxronlashuvchi maxsus shtrixkod-chiptalar beriladi. Avtomobil joylashgan asfaltning ostiga harakat datchigi joylashtirilgan bo‘lib, avtomobil o‘zining egasisiz harakatlanadigan bo‘lsa signal ishga tushadi. Bu yerni 190 ta kuzatuv kameralari nazorat qiladi.51-hudud, Nevada, AQSh
51-hudud — eksperimental uchuvchi qurilmalar va qurollanish tizimini rivojlantirish joyi. Bazadan birinchi bor Vyetnamdagi urush davrida MRBning hujjatlari uchun foydalanilgan. U yerga nafaqat quruqlik orqali borish, balki ustidan uchib o‘tish ham taqiqlangan.
Izoh (0)