24-iyul kuni Toshkent shahrida ro‘y bergan YTHlar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“2017-yilning 24-iyul kuni Toshkent shahri hududida uchta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida uch shaxs tan jarohati olgan, bir shaxs vafot etgan”, — deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, hisobot davrida YPX inspektorlari tomonidan jami 2429 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 526 tasini qo‘pol turdagi, 21 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 469 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 260 tasini svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 209 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etgan.
Izoh (0)