Misrga til kurslarida o‘qish uchun ketgan olti nafar qozog‘istonlik talaba u yerda yo‘qolib qoldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Axborotni Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi tasqidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qolib qolgan talabalar Qohirada bitta xonadonda yashagan. Ularning to‘rt nafari yil boshidan buyon til kurslarida o‘qigan. Qolgan ikkisi Qohiraga o‘qish uchun 11-iyulda kelgan. Yetib kelgach, ular Qozog‘iston elchixonasida ro‘yxatdan o‘tgan. Ammo 20-iyuldan olti talabaning hech biri aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Ularning qarindoshlari sarosimaga tushib, elchixonaga murojaat qilgan. Qozog‘istonning Qohiradagi elchixonasi talabalarning qayerdaligini aniqlashga kirishdi. Misr tashqi ishlar vazirligiga qidiruvda yordam berishni so‘rab rasmiy murojaat yuborishdi. Qozog‘istonlik diplomatlar talabalarning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Izoh (0)