Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi 8 ming mahalla fuqarolar yig‘inlarida “qaynonalar kengashi” jamoat tuzilmasi tashkil etildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova bayonot berdi, deb xabar qiladi Uz24.
Kengash yoshi ulug‘ ayollarning tajribasini yosh qaynonlarga o‘rgatish, kelinlar va bolalar bilan muloqot qilish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash bilan shug‘ullanadi.
Qayd qilinishicha, oilaviy masalalarni asosan yoshi kattalar hal qiladi, ayniqsa qaynonalarning roli bunda beqiyos. Oilaning birlashuvi yoki kichik muammolarning ulkan miqyos kasb etishi ham ularga bog‘liqdir.
Qaynonalar kengashi mahallalarda qaynonalar va yosh qizlar bilan “Baxtli oila”, “Mustahkam oila”, “Farovon oila”, “Namunali oila” mavzularida suhbatlar o‘tkazadi.
Izoh (0)