Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real”dagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda uning o‘zi Marca nashri bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tgan.
Klub almashtirish bu yilgi rejalarim qatoriga kirmaydi. Bu yil ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarni yutishni istardim. “Real” yana bir marta katta titullarni qo‘lga kiritsa yaxshi bo‘lardi. Buning uchun qattiq mehnat qilishda davom etamiz. Futbol mening hayotim, lazzatim.Avvalroq Ispaniya sudi bilan bog‘liq muammolar sabab Ronaldu “Real”ni tark etishi ma’lum qilingandi. Sud futbolchini 2011—2014-yillar davomida umumiy 14,7 million yevro soliq to‘lamaganlikda ayblagan. 31-iyul kuni Ronaldu bu borada sud oldida ko‘rsatma beradi.Krishtianu Ronaldu, “Real Madrid” hujumchisi
Izoh (0)