25-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kўmilov Isroilning Toshkentdagi elchisi Karmela Shamirni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston–Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir O‘zbekistondagi deyarli to‘rt yillik diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan elchining samarali faoliyatini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
O‘z navbatida, Shamir xonim mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)