Fotogalereya: Bir sutkada tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishga uchraydigan maskanlar
Okeanlar va dengiz suvining sathi nega bir ko‘tarilib bir kamayib turadi? Buning ikkita asosiy sababi bor: Yer va Oy o‘rtasidagi gravitatsion tortishish va Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishida qochma kuchning paydo bo‘lishi. Promo-live suv sathining o‘zgarishi bilan tanib bo‘lmas ko‘rishiniga ega bo‘ladigan maskanlar suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Mon-Sen-Mishel (Normandiya, Fransiya)
Mon-Sen-Mishel oroli YuNESKO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yerga faqat suv chekinganida kelish mumkin. Suv sathi ko‘tarilganida esa bu yerni qayiqda tomosha qilsa bo‘ladi.
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Manjuyod, Filippin
Filippinning ushbu hududida faqatgina qum va dengiz mavjud. Bu yerga uylarni uzun oyoqlar ustiga qurish eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan.
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Passaj-dyu-Gua, Fransiya
Passaj-dyu-Gua Nuarmute orolini materik bilan faqatgina suv chekinganida bog‘lab turuvchi yo‘l. Suv sathi ko‘tarilganda esa bu yerdan yurishning mutlaqo imkoni yo‘q.
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Ibodatxonalar sobori plyaji, Ispaniya
Ushbu joy kastilya plyaji yoki Muqaddas suvlar plyaji deya ataladi. Bu Yevropadagi eng chiroyli to‘rtta plyajdan biri. Bu yerda soborga o‘xshash ulkan qoyalar mavjud.
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Qiyomatning to‘rt chavandozi, Buyuk Britaniya
Jeyson Dekeyrsning haykallari Temza bo‘ylab joylashgan. Ularning o‘ziga xos jihati shundaki, haykallar daryo suvi sathining ko‘tarilgan yoki pasayganini ko‘rsatib turadi.
Izoh (0)