Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Quvasoy shahrida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Xabar berishlaricha, viloyatdagi Quvasoy shahar hokimligining tashabbusi bilan 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining har biri yangi velosiped bilan ta’minlandi.

“Maqsad — mahalla raisining ishini yengillatish, hudud bo‘ylab yurishiga ko‘maklashish. Ortiqcha xarajat talab qilmaydigan ushbu transport turidan foydalangan holda ishlash har bir mahalla fuqarolar yig‘ini raisining vaqtini tejaydi, ish unumdorligini oshishiga ko‘maklashishi tabiiy”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Bundan tashqari, faoliyat ko‘rsatayotgan 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla raisining yoshlar bilan ishlovchi va keksalar va faxriylar bo‘yicha jamoatchilik asosidagi o‘rinbosarlari joriy etildi.

Xususan, Huvaydo nomli mahalla fuqarolar yig‘inida saylov yo‘li bilan saylangan mahalla raisining keksalar va faxriylar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tashabbusi hamda bir guruh mahalla faollarini uyushtirishi orqali 2 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga xatna to‘ylari tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi