Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston davlat qo‘mitasi Toshkent viloyatining Pskent va O‘rtachirchiq tumanlaridan o‘tadigan Ohangaron daryosi irmog‘idan noqonuniy ravishda qum va shag‘al olinishi holatlarini nazorat qilish maqsadida reyd o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, reyd davomida alohida shaxs irmoq tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari bahonasida bu hududdan noqonuniy tarzda ko‘p miqdorda daryo qumi va shag‘al olayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunday ishlarning tegishli ko‘nikmalarsiz o‘tkazilishi sizot suvlarining ahvolini tahdid ostiga qo‘ymoqda. Jumladan, yaqin atrofdagi hudud botqoqlashib, qirg‘oqlar buzilmoqda.
Reyd chog‘ida ko‘zga tashlangan huquqbuzarlar qochishga urindi, ammo ular baribir ushlandi. To‘rt kishi — ekskavator va uch yuch yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortildi.
Izoh (0)